AURELIYALAR

AURELIYALAR, dengiz likopchalari (Aurelia) — ssifomeduzalar sinfi diskomeduzalar turkumiga mansub meduzalar urugʻi. Tanasi soyabon shaklida, diametri 5—10 sm, baʼzan 40 sm gacha. Soyaboni atrofida juda koʻp kalta paypaslagichlari, ular asosida 8 ta statotsistlari joylashgan. Ogʻzi soyabonining ostki qismida, kvadrat shaklida. Ogʻiz atrofidan 4 ta ogʻiz boʻlaklari osilib turadi. Aureliyalarning shaffof tanasi orqali oshqozon devorida joylashgan 4 ta qizgʻish taqasimon jinsiy bezlari koʻrinib turadi. Aureliyalar soyaboni devori muskullarining qisqarishi tufayli sekin suzadi. U hayot siklida jinsiy meduza bosqichini jinssiz polip boskichi bilan almashtirib turadi. 7 turi maʼlum. Qora, Boltiq, Barens, Oq dengizlarda A. aurita keng tarqalgan, baʼzan suv yuzasida juda koʻp miqdorda paydo boʻladi. Uzoq Sharq dengizlarida bu tur bilan birga A. limbata uchraydi. Aureliyalar baliklarga oziq boʻladigan mayda plankton organizmlar va baliq chavoklari bilan oziqlanib, baliqchilikka ziyon keltiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x