AUGSBURG

AUGSBURGBavariya yeridagi shahar. Germaniya jan. da, Alp togʻlari etaklarida joylashgan. Aholisi 245 ming kishi atrofida. Transport yoʻllari tuguni. Qad. toʻqimachilik markazi. Mashinasozlik, metallni qayta ishlash, kimyo, elektrotexnika va radioelektronika sanoati rivojlangan. Maksimilian muzeyi, koʻplab meʼmoriy yodgorliklar (11 — 18-a. lar) bor. Shahar mil. av. 15-a. da rimliklar harbiy lageri oʻrnida vujudga kelgan. 10—11-a. larda yirik savdo-hunarmandchilik markazi boʻlgan. 15—16-a. larda esa A. Yev-ropaning yirik savdo va moliyaviy markaziga aylandi. 1806-y. dan Bavariya tarkibida.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x