AUDIOMETRIYA

AUDIOMETRIYA (lot. audio — eshitaman va… metriya) , akumetriya — eshitish oʻtkirligi (yaxshi eshitish)ni oʻlchash. Eshitish oʻtkirligi, asosan, tovushni qabul qilish boʻsagʻasi bilan aniqlangani uchun Audiometriya inson qulogʻi qabul qiladigan eng past tovush kuchini aniqlashdan iborat boʻladi. Audiometriyaning eng oddiy usuli har xil masofada turgan inson tovushi yoki kamertonning turli balandlikdagi tovushlarini qabul qilish hisoblanadi. Audiometriya, asosan, maxsus elektr akustik asboblar — audiometrlar bilan amalga oshiriladi. Audiometrlarda tovush balandligi (100 dan 8000 gs gacha) va kuchi (0 dan 125 db gacha) oʻzgartirilib, tovush xiyol eshitiladigan holga (eshitish boʻsagʻasiga) keltiriladi. Audiometriya natijalari audiogramma (egri chiziq) tarzida yozib olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x