AUD

AUD (yoki Audh) — Shim. Hindistondagi tarixiy viloyat. Gang daryosining oʻrta oqimida joylashgan. Mil. av. 6-a. da Aud hududida quldorlik davlati Koshala boʻlib, butun viloyat uning poytaxti Ayodhye nomi bilan atalgan. Qadimda va oʻrta asrlarda A. Ganga vodiysida tashkil topgan yirik davlatlarning muhim tarkibiy qismi boʻlgan. 18-a. ning 20-y. larida boburiylarning Aud dagi noibi Saodatxon Audni Boburiylar saltanatidan mustaqil deb eʼlon kildi. 18—19-a. larning boshlarida A. Hindistonning yirik hokimliklaridan biri boʻlib, poytaxti Lakhnau edi. A. Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasi ekspansiyasiga qarshi faol kurash olib bordi, ammo 1764-y. Buksara yaqinidagi jangda yengilgach, mazkur kompaniyaga qaram boʻlib qoldi. Ingliz anneksiyasidan keyin Aud hududi Shim.-Gʻarbiy viloyatlar tarkibiga kiritildi. 1902-y. bu viloyatlar Agra va A. Birlashgan viloyatlari (1950-y. dan Uttar-Pradesh shtati) deb ataldi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x