ATSETON TANALAR

ATSETON TANALAR, keton tanalar — roksimoy kislota, atsetosirka kislota va atsetondan iborat moddalar guruhi. Ular oʻzaro yaqin munosabatda boʻladi. Yogʻ kislotalarning normal almashinuvi natijasida R-oksimoy kislota, uning oksidlanishidan atsetosirka kislota va bu kislotaning dekarboksillanishidan atseton hosil boʻladi. Normal sharoitda Aseton tanalar SO2 gacha toʻla oksidlanib, organizmda ortiqcha toʻplanmaydi. Lekin baʼzi patologik holatlarda (qand kasalligida, och kolganda, isitma koʻtarilganda) jigarda glikogen kamayib, yogʻlarning oksidlanishi kuchayishi sababli qonda Aseton tanalar miqdori ortib ketadi va organizmni zaharlaydi. Aseton tanalar faqat siydik bilan emas, balki oʻpka orqali ham ajraladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x