ATONALLIK (yun. a — inkor qoʻshimchasi va tonal — ton) — tonalliknm, aniqrogʻi musiqaning lad asosini inkor etish bilan bogʻliq keng maʼnodagi atama, Avstriya skripkachisi va kompozitori R. Kolish (1896—1978) tomonidan aynan skripkada noaniq ijroga nisbatan ilk bor qoʻllanilgan. Musiqa sanʼatining obyektiv asoslarini, musiqiy hamohanglikpar tabiatini va garmoniya qonunlarini inkor etadi hamda tovushlarning ixtiyoriy birikmalari yoki muayyan kompozitsiya tizimlari (mas, dodekafoniya qoidalari) bilan almashtiradi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые