ATOM ENERGIYASI BOʻYICHA XALQARO AGENTLIK

ATOM ENERGIYASI BOʻYICHA XALQARO AGENTLIK (AEXA) – (MAGATE) — atom energiyasidan foydalanish boʻyicha hukumatlararo tashkilot, BMTning Nyu-York konferensiyasi qaroriga binoan tashkil etilgan. Nizomi 1956-y. sent. da qabul qilinib, 1957-y. 29-iyulda kuchga kirgan. Bosh qarorgohi — Vena sh. (Avstriya)da. AEXAga 114 mamlakat (1997-y.) aʼzo. AEXA maxsus tashkilotlar katoriga kirishiga qaramay, alohida maqomga ega emas. BMT b-n uning aloqalari 1957-y. 14 noyab. da BMT Bosh Assambleyasi bilan imzolangan bitimga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu bitim va AEXA Nizomiga asosan agentlik har yilda kamida bir marta faoliyati toʻgʻrisida BMT Bosh Assambleyasi yoki zarurat paydo boʻlganda uning Xavfsizlik Kengashi oldida hisobot beradi. Agentlikning asosiy maqsadi atom energiyasidan tinchlik yoʻlida foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. Turli mamlakatlarda oʻz i. t. laboratoriyalari bor. AEXA rivojlanayotgan davlatlarga yadro xavfeizligi va radiatsion himoya uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar bilan yordamlashadi. AEXAning asosiy faoliyatiga kiradigan sohalar: qurol-yarogʻ ishlab chiqaradgan yadro texnologiyasini qattiq nazoratgaolish; yadro energetikasi sohasida yordam koʻrsatish; radioaktiv chiqindilarni toʻgʻri va xavfeiz koʻmish; shu sohaga oid Norma va Qoidalarni ekspert-yuristlar yordamida tayyorlash; i. t. dasturlarini qoʻllab-quvvatlash; avariyalarga oid dasturlar ishlab chiqish; q. x. da yadroviy usullar va radioaktiv moddalar yordamida hosildorlik va tuproq unumdorligini oshirish; q. x. va chorvachilikda hasharotlar va kasalliklarga qarshi kurashda yordam berish va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x