ATMOSFERA FIZIKASI

ATMOSFERA FIZIKASI — atmosferada sodir boʻladigan hodisalarning fizik qonuniyatlarini oʻrganuvchi fan. Atmosferadagi termodinamik jarayonlar, atmosferaning tarkibiy tuzilishi, unda suv bugʻlarining quyumanishi, bulut, tuman va yogʻinlarning hosil boʻlish jarayonlari, nurlanish, optik, elektr va akustik hodisalarni oʻrganish bilan shugʻullanadi. Atmosfera fizikasining taraqqiy etishi natijasida atmosferaning Yerga yaqin qatlami fizikasi alohida boʻlim sifatida vujudga keldi. U insoniyat, hayvonot va oʻsimlik dunyosi uchun bevosita ahamiyatga ega boʻlgan hodisalarni oʻrganadi. Atmosfera fizikasining yana bir boʻlimi — atmosferaning yuqori qatlamlari fizikasi. Meteorologik raketalar va yer sunʼiy yoʻldoshlarini uchirishda, sayyoralararo aloqa muammolarini hal qilishda, obhavoni ifodalovchi hodisalarning toʻla fizik modelini tuzishda bu boʻlimning muhim ahamiyati bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x