ATIRQOVUN

ATIRQOVUN (Melo dudaim) — qovun (Melo) turkumiga, qovoqdoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimlik. Boʻyi 30 — 80 sm. Bargi toʻgarak yoki tuxumsimon. Guli bir yoki ikki jinsli. Mevasi dumaloq, diametri 5,5 — 6 sm. Xushboʻyligi bilan boshqa qovunlardan ajralib turadi. Atirqovun ekilishiga qarab iyulsent. oylarida gullaydi. Yer yuzida keng tarqalgan. Uni Oʻrta Osiyo, Zakavkazye, Eron, Afgʻoniston, Kichik Osiyo, Oʻrta dengiz boʻyi, Amerika va b. yerlarda uch-ratish mumkin. A. Oʻzbekistonning deyarli hamma viloyatlarida, ayniqsa, Sur-xondaryo va Xorazm viloyatida manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x