ASTRONOMIYA-GEODEZIYA TARMOGʻI

ASTRONOMIYA-GEODEZIYA TARMOGʻI — bir-biridan taxm. 70— 100 km uzoqlikda joylashgan astronomiya-geodeziya punktlarining oʻzaro bogʻlangan tizimi. Ana shunday punktlarning geografik koordinatalari masofa va burchaklarni geodezik oʻlchashdan, astronomik kuzatishlardan topiladi. Astronomiya-geodeziya punktining geografik kenglamasi, uzunlamasi va azimutini geodeziya usullarida oʻlchanadi, soʻngra Yerni aylanma ellipsoid deb faraz qilib, astronomik kuzatishlardan olingan maʼlumotlarga taqqoslanadi. Ikkala usulda olingan natijalar farqi qabul qilingan ellipsoidning geoiddan farqini ifodalaydi. Uni hisobga olib yangi ellipsoid qabul qilinadi va shu yoʻl bilan Yerning haqiqiy shakli va oʻlchamlariga yaqinlashiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x