ASTAT

ASTAT, astatin (Astatium) , At — sunʼiy yoʻl bilan hosil qilingan kimyoviy radioaktiv element. Mendeleyev davriy sistemasining VII guruhiga mansub; galogenlar jumlasidan. Tartib raqami 85. 1940-y. da vismutni a-zarrachalar bilan parchalash natijasida kashf etilgan. Astatning barqaror izotopi yoʻq. Lekin 20 dan ortiq radioaktiv izotopi maʼlum. At21ning yarim yemirilish davri 7,2 soat, At2l0HHKH esa 83 soat. Oʻziga xos kimyoviy xossalari bor. Boshqa galogenlar kabi, organik erituvchilarda eriydi va erimaydigan kumush astatid (AgAt) tuzini hosil qiladi. Shuningdek, Astat metallar singari sulfat eritmalaridan rux taʼsirida ajralib chikali, elektroliz qilinganda katodga oʻtiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x