ASTAFYEV Viktor Petrovich (1924) —rus yozuvchisi. «Oʻgʻirlik» (1966), «Shohbaliq» (1976), «Choʻpon va choʻponqiz» (1971) kabi asarlari urush, Sibir qishloklaridagi hayot, kishilarning ayanchli ahvoli haqida. «Soʻnggi taʼzim» (1—2-kitob, 1971 — 79) avtobiografik qissa va hikoyalar turkumida yozuvchining bolaligi aks etgan. «Laʼnatlangan va oʻldirilganlar» (1-kitob, 1992) romanida harbiy kazarmalarning mudhish holati, sobiq Ittifoqsa amalda boʻlgan jazolash tizimining shafqatsiz qurbonlari — oddiy askarlarning azobuqubatlari bayon etilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые