ASQAROV Ulugʻbek Akbarovich (1928.23.2, Toshkent) — terapevt, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990), tibbiyot fanlari d-ri (1970), prof. (1970), A. A. Lodyuvning oʻgʻli. 1-Toshkent davlat tibbiyot in-ti fakultet terapiyasi kafedrasi mudiri (1971—96), 1997-y. dan shu kafedrada prof.-konsultant. Ilmiy ishlari antibiotikoterapiya, gematologiya, gastroenterologiya, diyetologiya va farmakoterapiya masalalariga bagʻishlangan. A. Oʻzbekistonda surunkali koligning kelib chiqishi, patogenezi, klinikasi va davolash usullarini ishlab chiqqan. Xalqaro ilmiy anjumanlar qatnashchisi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые