ASPARUX (Isperix, Ispor, Aspirek) (? — 701) — qad. turkiyzabon bulgʻorlar xoni (643 — 701), ilk slavyan-bolgar davlati (681 — 1018) asoschisi. Asparux bulgʻor qabilalari ittifoqi yoʻlboshchisi Kubratxon (Qorotxon) ning uchinchi oʻgʻli boʻlgan. Asparux koʻchmanchi bulgʻorlarning bir qismi bilan Azov boʻyidan xazarlar tazyiqi ostida Bessarabiyaga, soʻngra Dunayning Vizantiyaga qarashli ung sohilidagi yerlarga oʻtgan. 679-y. Meziya viloyatiga koʻchgan, mahalliy slavyanlar ustidan gʻalaba qozongan, Dobruja va uning atrofidagi yerlarga yoyilib, hoz. Shim. Bolgariyadagi yetti slavyan qabila ittifoqini va b. ayrim qabilalarni boʻysundirib Vizantiya tan olishga majbur boʻlgan yagona, qudratli davlat barpo etgan (681) (q. Birinchi Bulyur podsholigi).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые