ASOSIY SUVLI QATLAM (gorizont) — boshqa suvli jinslar orasida eng sersuv boʻlgan va amaliy talablarga (suv bilan taʼminlash, sugʻorish va b.) javob bera oladigan yer katlami. Muhandislik geol. da Asosiy suvli qatlam deb koʻpincha fizik-geologik hodisalarning taraqqiy etishida (surilmalar, suffoziya) asosiy ahamiyatga ega boʻlgan suvli gorizontlarga aytiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые