ASOSIY FONDLAR, korxonalarning asosiy fondlari — i. ch. ga uzoqxizmat qiladigan, oʻz natural buyum shaklini uzoq vaqt oʻzgartir-magan holda i. ch. jarayonida bir necha bor qatnashadigan mehnat qurollari va vositalari. Odatda Asosiy fondlarga i. ch. da bir yildan ortiq xizmat koʻrsatadigan mol-mulk kiritiladi (rivojlangan kapitalistik davlatlarda Asosiy fondlar oʻrniga asosiy kapital tushunchasi qoʻllaniladi). Asosiy fondlar oʻz qiymatini tayyor mahsulotga asta-sekin, bir necha yillik i. ch. jarayonida qismlar bilan oʻtkazadi, mahsulot sotilgach, korxonaga pul shaklida qaytib keladi (q. Amortizatsiya ajrat-malari). Asosiy fondlar qiymat jihatidan korxonaga qoʻyilgan pul boʻlsa, moddiy jihatdan bino, inshootlar, mashinauskuna va b. dan iborat. Asosiy fondlarning qiymat ifodasi buxgalteriya balansida asosiy vositalar deb yurtiladi. I. ch. datutgan oʻrniga qarab Asosiy fondlar asosiy i. ch. va asosiy noishlab chiqarish fondlariga boʻlinadi. Asosiy i. ch. fondlari i. ch. jarayonida mahsulotlar yaratishda qatnashadi. Ular tarmoqlararo taqsimlanishi jihatidan sanoat, qurilish, transport, q. x. fondlaridan iborat boʻladi, texnologik jihatdan aktiv va passiv fondlarga boʻlinadi. Aktiv fon-dlar mahsulot yaratishda bevosita qat-nashuvchi mehnat qurollaridan, passiv fondlar i. ch. ning moddiy sharoiti boʻlgan qurilmalar, binolar, inshootlar, omborlar va b. dan iborat. Mod-diy-natural tarkibiga koʻra A. f. quyidagi guruhlarga ajratiladi: binolar, inshootlar; uzatma qurilmalar; quvvat mashinalari va jihozlari; ish mashinalari va jyhozlari; transport vositalari; i. ch. va xoʻjalik inventari; ulov va mahsuldor chorva; mevali bogʻlar va daraxtlar; yerlarni yaxshilashga sarflangan kapital xarajatlar. Asosiy noishlab chiqarish fondlariga uy-joy binolari, maktablar, klublar, davolash muassasalari va b. kiradi. Q. x. korxonalarida Asosiy fondlar balansida irrigatsiya-melioratsiya fondlari qiymati alohida bandda koʻrsatiladi (ular inshootlar tarkibida hisobga kiritiladi). Xoʻjaliklarning Asosiy fondlar buxgalteriya hisobida 01 raqamli hisobvaraqda qayd etiladi, natural hamda qiymat koʻrsat-kichlarida hisobga olinadi. Natural koʻrsatkichlar (donasi, Vt hisobidagi quvvat, m2 hisobidagi sathi va b.) A. f. ning sifat va miqdori tarkibi, xoʻjaliklarning i. ch. imkoniyatlari, sotib olingan texnika yoki bino, inshootning qurilgan vaqti haqida tasavvur beradi. Asosiy fondlar qiymati joriy narxlarda yoki qiyosiy narxlarda hisoblanadi. Hisobga olish asosiy vositalarning barcha koʻrinishlarini turlar boʻyicha taqqoslashga, ularning jami qiymatini, ulardagi yangi tayyor mahsulotga oʻtadigan eskirish darajasini aniqlashga imkon beradi. Asosiy fondlar real miqdori mamlakatning iqtisodiy salohiyatini, i. ch. quvvatini koʻrsatadi. OʻzR xalqxoʻjaligi barcha tarmoqlarining asosiy i. ch. fondlari amaldagi (joriy) narxlarda 1993-y. da 19218,1 mlrd. soʻmni tashkil etgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые