ASMA

ASMA, Krim qora uzumi — xalq seleksiyasi yoʻli bilan yaratilgan oʻrta-pishar hoʻraki uzum navi. Kuban va Krimda oʻstiriladi. Tupi kuchli oʻsadi, bargi yirik, uch boʻlmali, tuksiz. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yirik, dumaloq yoki choʻziq. Gʻujumi yirik, pillasimon, toʻq binafsha-qora. Poʻsti qalin , eti sershira, hosili faol harorat 3050 — 3300° da 160 — 175 kunda pishib yetiladi. Hosildorligi 80—120 s/ga. Kasalliklarga chidami oʻrtacha, sovuqqa bardoshi past. Uzoq saqlash va uzoqqa yuborishga chidamli. Oʻzbekistonda r-nlashtirilmoqda (1995-y. dan).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x