ASIRIY (taxallusi; asl ismi Toshxoʻja oʻgʻli) (1864 — Xoʻjand — 1915/16) — turkiy shoir. Qoʻqonda madrasada oʻqigan (1882 — 90). Otasidan toshtaroshlikni oʻrganib, umrining oxirigacha shu kasb bilan shugʻullangan. Oʻzbek va tojik tillarida ijod qilgan. Mumtoz shoirlar, ayniqsa Bedil anʼanalarini davom ettirgan. Sheʼrlari gʻoyaviybadiiy yetuk. Javhariy va b. zamondoshlari Asiriyni erksevar, noziqtab, shirinsuxan shoir, «ilm-fan ahlining shaʼmi» deb taʼriflagan. Asiriy gʻazal, masnaviy, ruboiy, qita va b. janrlarda ijod qilgan. Sheʼrlarida insoniy muhabbatni kuylagan, jaholatni qoralab, ilm-maʼrifatni targʻib etgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые