ASHUROV Muhsinjon Xurramovich (I949, Samarqand) — fizik olim, Oʻzbekiston FA akad. (1995), prof. (1995), fizika-mat, fanlari d-ri (1989). SamDUni bitirgan(1971). Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi intida tadqiqotchi xodim, IG Ig lab. mudiri, direktor oʻrinbosari (1971-91), «Fonon» ilmiy i. ch. birlashmasi bosh direktori (1991-y. dan). Ilmiy ishlari qattiq jismli lazerlar fizikasiga oid. Oʻzbekistonda birinchi boʻlib optik va lazer kristallarni oʻstirish va shu kristallarni xalq xoʻjaligiga bevosita tatbiq etish bilan shugʻullangan. Shu bois «Fonon» ilmiy i. ch. birlashmasi vujudga keldi. Birlashmada OʻzR orden, medallari va nodir tangalari tayyorlanadi. Ashurov lazer kristallar radiatsion optik xossalarini boshqarish texnologiyasi va radiatsiyaga bardoshli lazer kristallarini sintez qilishga doir tavsiyalarni ishlab chiqqan. Mazkur tadqiqotlar asosida intensiv (dozasi 10* R va undan yuqori) nurlanish sharoitida qattiq jismli lazerlarning generatsiya va modulyatsiya xossalarini yoʻqotmaydigan yuqori samarali faol va sust elementlar yaratildi. Ashurov 1 – va 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. «Doʻstlik» ordeni bilan mukofotlangan (1997).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые