ASHURALI ZOHIRIY (1885-Qoʻqon sh. yaqinidagi Oyim qishlogʻi — 1937/42) — oʻzbek maʼrifatparvari, jurnalist. Qoʻqon sh. dagi Muhammad Alixon (Maʼdalixon) madrasasida tahsil koʻrgan (1914). Tarix, adabiyotni chuqur bilgan. Arab, fors, ozarbayjon, turk, tatar va rus tillarini oʻrgangan. Rus-tuzem maktabida oʻzbek tili va adabiyotidan daryo bergan, Qoʻqonda «Gʻayrat» nomli xususiy nashriyot tashkil etgan. «Sadoyi Fargʻona» (1916—21), «Fargʻona» (1922— 28) gaz. larida adabiy xodim boʻlib ishlagan. Vaqtli matbuot sahi-falarida maʼrifatparvarlik maqo-lalari bilan faol ishtirok etgan. Yangi usuldagi maktablar ochgan. Qoʻqonda «Dorulmuallimin» maktabini tashkil etib, shu yerda ishlagan. Qori-Niyoziy rahbarlik qilgan Fargʻona ped. texnikumida, Qoʻqon ped. bilim yurti, neft texnikumi, savodsizlikni tugatish kurslari va maktablarda muallimlik qilgan. Kishilarni til oʻrganishga, ilmli boʻlishga daʼvat etgan. S Oqosv bilan hamkorlikda maktab oʻquvchilari uchun «Turkiy xrestomatiya yoxud terma kitob» darsligini tuzgan (1912). Oʻzbek tilida birinchi boʻlib boshlangʻich sinflar uchun «Imlo» darsligini yaratgan (Qozonda nashr etilgan, 1916). Navoiyning «Muhokamat ullugʻatayn» va «Vaqfiya» asarlari ustida matnshunoslik tadqiqotlari olib borgan. «Muhokamat ul-lugʻatayn»ni husnixatda koʻchirib (1916), Qoʻqonda Vayner kutubxonasida chop ettirgan (1917). «Vaqfiya»ni ham nashrga tayyorlagan, lekin nomaʼlum sabablarga koʻra nashr etilmagan. «Ruscha-oʻzbekcha lugʻat» tuzgan (1925). Choʻlpon bilan hamkorlikda «Adabiyot parchalari» toʻplamini nashr ettirgan (1926).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые