ASHTARXONIYLAR

ASHTARXONIYLAR, Joniylar-1601 — 1757-y. larda oʻzbek davlatchiligini boshqargan sulola. 1601-y. ashtarxoniylardan Boqi Muhammad Buxoro hokimiyatini qoʻlga olgach, shayboniylar sulolasi hukmronligi tugatilgan. Ashtarxoniylar Joʻjixon naslidan boʻlib, 14-a. ning 80-y. laridan boshlab Astraxon (Ashtarxon, Hoji Tarxon) va uning atrofidagi yerlar, xalklar ustidan xukmronlik qilgan. 1556-y. Astraxonni Rossiya bosib olgandan keyin, Ashtarxoniylardan Yormuhammadxon oilasi bilan Buxoroga koʻchib kelgan. Buxoro xoni Iskandarxon (1563 — 83) qizi Zuhroxonimni uning oʻgʻli Jonibek sultonga bergan. Jonibek sulton Zuhroxonimdan uch oʻgʻil (Din Muhammad, Boqi Muhammad, Vali Muhammad) koʻrgan. Din Muhammad Abdullaxon II zamoni (1583—98)da Niso va Abivard hokimi boʻldi. Abdulmoʻminxon oʻldirilgandan keyin (1599) amir va ruhoniylar Jonibek sultonni xon taxtiga koʻtarmoqchi boʻldilar. Lekin, Jonibek bundan voz kechdi. Shunda ular uning katta oʻgʻli Din Muhammad nomiga xutba oʻqitdilar. Ammo u Buxoroga borayotib yoʻlda halok boʻldi. Oxiri taxtga Jonibek sultonning oʻrtancha oʻgʻli Boqi Muhammad oʻtqazildi. Shundan boshlab Buxoro xonligi A. qoʻliga oʻtdi (A. sulolasi hukmronligi davrida Movarounnahrning siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayoti va tashqi siyosati xususida Buxoro xonligi maqolasiga q.). Sulola hukmdorlari: Boqi Muhammadxon (1601—05), Vali Muhammadxon (160511), Imomqulixon (1611—42), Nadr Muhammadxon (1642—45), Abdulazizxon (1645-81), Subhonqulixon (1681-1702), Ubaydullaxon II (1702-11), Abulfayzxon (1711—47), Abdulmoʻminxon (1747—51), Ubaydulloxon III (1751-54), Shergʻozi (1754-57).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x