ASHIKOʻL

ASHIKOʻLQoraqalpogʻiston Respublikasidagi koʻl. Amudaryoning oʻng sohilida. Gʻarbda Bestoʻba va sharqda Kushtepa balandliklari orasida joylashgan. Shim. dan jan. ga yoʻnalgan. Gʻarbiy sohillari Tabaqqum choʻliga tutash. Uz. 800—1000 m, eni 300—350 m, oʻrtacha chuq. 2—3 m. Sugʻorishdan ortgan va tashlama suv kelib quyiladi. Suv koʻp kelgan yili sathi kengayadi. Qirgʻoqlari qumloq, qamishzor, oʻrtacha shoʻrligi 1 l da 8—10 g va undan koʻp. Baliqchilikda foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x