ASALSHIRALI OʻSIMLIKLAR, nektarli oʻsimliklar — asalari nektar va gulchangi yigʻib oladigan yopiq urugʻli oʻsimliklar, asalarilarning asosiy oziq bazasi. Nektarni gultoji yoki gulkosa barglar, tuguncha devori yoki gul oʻrnida joylashgan maxsus nektar bezlari ishlab chiqaradi. Ayrim oʻsimliklarda bunday bezlar barg bandi yoki gulyon barglarida, hatto poyada ham joylashgan. Nektar miqdori oʻsimlik turiga bogʻliq. Mac, bitta gul ishlab chikaradigan nektar miqdori Coryanthe turkumiga mansub tropik oʻsimlik — arxideyada 30 g gacha, joʻkada — 0,15 — 7,46 mg, kash-karbedada — 0,16 mg ga teng. Asalshirali oʻsimliklar gulidan yigʻilgan nektar va gul changini asalarilar va asalarisimonlar oilasiga mansub b. hasharotlar asalga va pergaga aylantiradi. Ayrim oʻsimliklar nektar bilan birga qatronga oʻxshash modda ham ajratadi. Arilar bu moddadan propolis (asalari yelimi) ishlab chiqaradi. Asalshirali oʻsimliklarning nektar i. ch. xususiyati evolyutsiya davomida kelib chiqqan boʻlib, oʻsimliklarning hasharotlar orqali chetdan changlanishga moslashuvidan iborat. Chetdan changlangan oʻsimliklar koʻp hosil beradi va ancha sifatli urugʻ qoddiradi. Koʻpchilik q. x. ekinlari, mas, oziq-ovqat va yem-xashak ekinlaridan grechixa, esparset, sebarga, beda, qashqarbeda, vika va b. ; moyli va efir moyli oʻsimliklar — kungaboqar, raps, anis, koriandr, yalpiz; tolali ekinlar — gʻoʻza, kanop; turli xil mevali daraxtlar, poliz va sabzavot ekinlari, sitrus oʻsimliklari, uzum va b. koʻp nektar hosil qiladi. Nektar i. ch. va hasharotlarning nektar yigishi Asalshirali oʻsimliklarning gullagan vaqtiga toʻgʻri keladi. Nektar i. ch. ning boshlanishi va uning miqdori iqlim, tuproq va ob-havo sharoitiga bogʻliq.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые