ASADULLAYEV

ASADULLAYEV Toʻraxon (1941.14.4, Kasbi tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1994). Qarshi ped. in-tini tugatgan (1966). 1972—75 y. larda Kasbi tumanidagi 13-maktabda yetakchi, 1975-y. dan 20-maktabda, 1995-y. dan 2-maktabda oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi. Asadullayev oʻzining pedagogik faoliyati davomida butun diqqat-eʼtiborini oʻquvchilarga puxta bilim berish, ularning dunyoqarashini shakllantirish, olgan bilimlari asosida mustaqil fikrlashga qaratdi. Asadullayev maktabda namunali oʻzbek tili va adabiyoti kabinetini tashkil etgan. «Oʻqituvchi ijodkorligi dars samaradorliga» mavzuidagi metodik qoʻllanmasi chop etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x