DO`STLARGA ULASHING:
19 asr o‘rtalaridagi vrachlar «Xamma kasalliklar asabdan» deb xisoblashgan. Bu shior 21 asrda xam o‘z aktualligini yo‘qotmagan. Xayot ritmi odatdagidek tezlashmoqda, talablar kuchaymoqda, charchoq esa ortgandan ortmoqda. Bunday paytlarda faqat dam olish rejimini meyorga keltirish va yetarlicha uxlash orqali stresslardan qutulishning imkoni yo‘q. Asab tizimi tonusini tiklash va normal xolatga qaytish uchun qandaydir ma’noda tinchlantiruvchi preparatlarni ichish foydadan xoli emas. Zamonaviy farmakologiya xam o‘z o‘rnida turgani yo‘q. Dori bozori doimiy ravishda yangi-yangi sedativ dorilar bilan boyimoqda. Ularning zararli ta’sirlari kamaymoqda. Quyida asab tizimini tinchlantiruvchi TOP 10 ta eng yaxshi dori preparatlari xaqida aytiladi
1. Fitosedan (tinchlantiruvchi giyox)
Tabiiy tinchlantiruvchi bo‘lishiga qaramasdan, effektivligi jixatidan sintetik preparatlardan qolishamaydi. Bu xammasi undagi dorivor giyoxlar (tog‘rayxon, toshcho‘p, qashqarbeda, valeriana va qizilmiya ildizi) ning ajoyib kombinatsiyasi xisobiga amalga oshadi. Amaliyot ko‘rsatishicha fitosedan uyqu bilan bog‘liq muammolarni oson xal qilib, stress xronik turga o‘tmagan bo‘lsa effektiv davolaydi. Tabiiy bo‘lgani uchun bolalarga berish mumkin, uyquchanlik chaqirmaydi, narxi qimmat emas.
2. Persen
Eng ommabop yana bir tabiiy vosita bo‘lib, valeriana limono‘t, yalpizning kombinatsiyasidan tarkib topgan. Yengil bo‘shashtiruvchi va tinchlantiruvchi ta’sirga ega. Ruxiy tushkunlik va vaxima simptomlarini yo‘qotadi.
Psixosomatik buzilishlarni profilaktikasi uchun buyuriladi. O‘rganib qolishlik chaqirmaydi, diqqatni kamaytirmaydi,
Kamchiligi: 3 yoshgacha bolalarga tavsiya etilmaydi, uzoq vaqt qo‘llash ich qotishiga sabab bo‘lishi mumkin.
3. Tenoten
Xronik stress, nevroz xolatlari, vegetativ va psixosomatik buzilishlar bilan bemorlarga buyuriladi. Xotirani kuchaytirdi. Organizmni stressga chidamliligini oshiradi. Qarshi ko‘rsatmalari: xomiladorlik, laktaza yetishmovchiligi, 3 yoshgacha bolalar.
4. Deprim
Eng tabiiy antidepressant xisoblanib, aktiv moddasi qizilpoycha (zveroboy) ekstrakti xisoblanadi. Depressiyaga qarshi, vaxima kasalliklarida, klimaksda mavsumiy xavo o‘zgarishlariga yuqori sezuvchanlikda tavsiya etiladi. Kamchiliklari: retsept bo‘yicha beriladi, 6 yoshgacha mumkin emas, fotoallergiya chaqiradi. Boshqa antidepressantlar bilan birga qo‘llash mumkin emas.
5. Afobazol
Zamonaviy vaximaga qarshi preparatlar va trankvilizatorlar orasida eng kuchli, xavfsiz va narxi bo‘yicha qimmat emas. Asabni yaxshi tinchlantiradi, vaximani yo‘qotadi, xayz oldi sindromi, uyqusizlik, va uxlay olmaslik muammolarini yo‘qotadi. Chekishni va ichkilikni tashlamoqchi bo‘lgan bemorlarga buyuriladi. O‘rganib qolishlik chaqirmaydi. 18 yoshgacha, xomilador va emizikli ayollarga tavsiya etilmaydi.