ASʼHOB ar-RAʼY

ASʼHOB ar-RAʼY (arab. — fikr tarafdorlari) — raʼy, fikr va aql bilan hukm chiqaruvchi ulamolarga berilgan nom. Islom fanlaridan tafsir, fikd kabi sohalarda ijod qiluvchi olimlar ikki turga boʻlinadi. Birinchi turi — Qurʼonni tafsir qilishda va biror sharʼiy hukm chiqarishda faqat Qurʼon oyatlariga, hadislarga, sahobalar va tobeinlardan naql qilingan rivoyatlarga suyanadigan olimlardir. Ikkinchi turi — tafsir va fiqh sohasida faqat naqliy dalillarga suyanish bilan qano-atlanmay ijtihod, yaʼni aql, fikr va raʼyni ham ishga solib sharʼiy hukmlar, fatvolar ijod etadigan olimlardir. Shu ikkinchi turiga Asʼhob ar-Raʼy deb nom berilgan. Ular mutafakkir olimlar deb ham yuritiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x