ARXEGON

ARXEGON, arxegoniy (archegonium) — yoʻsin, qirqquloq va ochiq urugʻli oʻsimliklarning urgʻochi jinsiy organi. Koʻpchilik oʻsimliklarda shakli koʻzasimon. Arxegon yetilgach, boʻynining ichki qismida joylashgan hujayralar yemirilib, ularning oʻrnida naycha hosil boʻladi. Arxegonning qorin qismida tuxumhujayra joylashgan boʻlib, uning ustida kichikroq qorin hujayra bor. Boʻynidagi naycha hujayralar shilliqlanib, Arxegonning ogʻzini (boʻyin uchini) ochadi va spermatozoidning Arxegon ichiga tushishiga imkon beradi. Shu oʻsimliklardagi erkak jinsiy organ anteridiy deb ataladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x