ARXANGELSKIY Nikolay Porfiryevich

ARXANGELSKIY Nikolay Porfiryevich (1891.1.4. — Toshkent — 1977.11.12) — rus maʼrifatparvari, pedagog-oʻlkashunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi (1940), SanktPeterburg un-tining tarix-filol. f-tini tugatgan (1916). 1916-y. dan zemstvo maktabida rus tili va psixologiyadan daryo bergan. 1920-y. Fargʻonadagi maktab-kommuna mudiri. 1921-y. dan Turkiston Maorif xalq komissarligi ilmiy kengashining ped. hayʼati raisi, Chernishevskiy nomidagi namuna mehnat ish maktabi mudiri, oʻqituvchilar tayyorlash kursi, oʻzbek erlar bilim yurti (inpros)da oʻqituvchi. 1931 — 53 y. larda Oʻzbekiston madaniy qurilish va ped. fanlari i. t. institutlarida ilmiy xodim, boʻlim mudiri, direktor. Ped., ped. tarixi, maktabshunoslikka doir kitoblar muallifi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x