ARXAIZM (yun. archaios — qadimgi, koʻxna) — eskirib, isteʼmoldan chiqib qolgan soʻz yoki ibora. Leksik (arkon, mirzo va h. k.), fonetik (ersa, birlan, emdi va h. k.), morfologik (bilur, turur, boʻlgay, burungʻi va h. k.), shuning-dek frazeologik, semantik Alar boʻladi. Arxaizm koʻproq adabiyotda oʻtmish manzarasini aks ettirish, davr ruhini berishda uslubiy vosita sifatida qoʻllaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые