ARTILLERIYA TAYYORGARLIGI

ARTILLERIYA TAYYORGARLIGI — hujum oldidan dushmanning oʻt ochish vositalari, jonli kuchlar, mudofaa inshootlari va b. nishonlarni artilleriyadan oʻt ochib yoʻq qilish, vayron etish. Artilleriya tayyorgarligi jangning umumiy maqsadiga, dushman mudofaasining quvvatiga, hujum qiluvchi qoʻshinlar ixtiyoridagi artilleriya va oʻqdori zaxirasiga qarab belgilanadi. 1-jahon urushidagi janglarda Artilleriya tayyorgarligi koʻpincha bir necha kun davom etgan. Artilleriya tayyorgarligining bu tariqa uzoq davom etishi dushmanga bexosdan hujum qilishga imkon bermas edi. 2-jahon urushida qoʻllanilgan Artilleriya tayyorgarligi 15 min. dan to bir necha soatgacha davom etgan. Bu vaqt xujum usuliga, dushman mudofaasining kuch va xarakteriga, qoʻshinlarning qurol-aslaha va snaryad bilan taʼminlanganlik darajasiga bogʻliq boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x