ARTASHES I (Artaksiy) ( ? – taxm. mil. av. 160) — arman shohi (mil. av. 189 —160), sarkarda, arman podshohligi va Artasheslar sulolasining asoschisi. Mil. av. 190-y. armanlarning salavkiylarga qarshi boshlagan isyoniga rahbarlik qilib, Buyuk Armanistonni mustaqil deb eʼlon qilgan (mil. av. 189) va podshoh unvonini qabul qilgan. Yerga boʻlgan xususiy mulkni mustahkamlovchi islohot oʻtkazgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые