ARTASHAT — Armanistondagi shahar (1961-y. dan), Arake daryosi boʻyida. T. y. stansiyasi. Yerevan-Julfa avtomobil yoʻli yoqasida. Aholisi 32,3 ming kishi (1989). Vino va konserva tayyorlash, yengil, yogʻochsozlik, mashinasozlik va metallsozlik sanoati korxonalari bor. Uzum yetishtiriladigan r-nning (shu jumladan qimmatli va noyob navlari) markazi. Qadimdan hunarmandchilik rivojlangan. Artashatda birinchi arman teatri qurilgan. Artashat yaqinida qad. Armaniston poytaxti xarobalari saqlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые