ARSLONTOV

ARSLONTOV (Aristantov) — Qizilqumdagi uch tizmadan iborat yemirilgan qoldiq togʻlar. Jan.-gʻarbdan shim.-sharqqa yoʻnalgan. Eng baland joyi 698 m. A. Qizilqumdagi boshqa past togʻlar kabi atrofi eol qumlar bilan oʻralgan. Arslontov zamini silur, devon davrlarining slanes, qumtosh, ohaktosh, marmar, gravelit jinslaridan, yuqori qismlari karbon davrining och va toʻq tusdagi ohaktosh va b. jins qatlamlaridan iborat. Bu jinslar togʻ yon bagʻirlarida ochilib qolgan, etaklarida esa dagʻal prolyuviy yotqiziqlari va boʻr, paleogenning choʻkindi jinslari qatlamlari orasiga kirib ketgan. A. Markaziy Qizilqumdagi boshqa paleozoy massivlari kabi gersin oroge-nezida burmalangan. Boʻr va paleogen dengiz transgressiyalari butun Qizilqumni jumladan Arslontovning yon bagʻirlarini ham bosib, qalin gil qatlamlari bilan qoplagan. Alp orogenezida qayta burmalangan. Biroq yon bagʻirlaridagi gil qatlamlari yuvilib ketgan. Arslontov asimmetrik tuzilgan, uning sharqiy yon bagʻirlari tik. A. juda ham parchalanib ketgan. Markaziy qismlari alp tipidagi relyefga ega, yaʼni oʻtkir nayzasimon choʻqqili, qirrali boʻlib, gʻarbiy va sharqiy chekkalari esa koʻpincha yassi yuzali, usti tekislanib qolgan. Nuragan jinslar togʻ etaklarida sochilib yotadi. Aning jan.-sharqiy yon bagʻirlarida soy koʻp. Bu soylarda bahordagina sel va yomgʻir suvlari oqadi. Arslontovda koʻpincha quruq vodiyning chuqur joylarida, qatlamlarning tektonik yoriklarida, otqindi va metamorfik, ohaktosh hamda marmar jinslari tarqalgan joylarda chuchuk suvli buloqlar uchraydi. Buloq suvlaridan dehqonchilikda foydalaniladi. Arslontovda iqlimning quruqligi, tuproq qatlamining deyarli yoʻqligidan oʻsimlik kam. Togʻ etaklarida toshli kul rang-qoʻngʻir tuproqlarda shuvoq-efemer oʻsimliklari keng tarqalgan. Arslontovdan yaylov chorvachiligida foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x