ARQISH

ARQISH (turkiycha) — 6 — 14-a. larda turkiy xalqlarda uzoq yurtlarga savdo-sotiq ishlari bilan qatnovchi tojirlar, ot-ulovlar, aravalar va ularni boshqaruvchi mutasaddi shaxslar guruhi, yaʼni karvon maʼnosini anglatuvchi istiloh. Arqish Kultegin bitiktoshida, Yusuf Xos Hojibning «Qutadgʻu bilik», Mahmud Koshgʻariyning «Devonu lugʻotit turk» asarida ishlatilgan, soʻnggi bor 14-a. obidasi Rabgʻuziyning «Qisasi Rabgʻuziy» asarida qayd etilgan. Hoz. oʻzbek adabiy tilidagi «Karvonboshi» maʼnosi qadimda Arqish ulugʻi soʻz birikmasi yordamida ifodalangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x