ARMATURA POʻLATI — temir-beton konstruksiyalar armaturalarini tayyorlashda ishlatiladigan material. Armaturaning mustahkamlik tafsilotlari poʻlatning kimyoviy tarkibiga (uglerod va legirlovchi qoʻshilmalar miqdoriga), ularga ishlov berish tarziga (choʻzish, tortish, termik ishlov berish va b. ga) bogʻliq boʻladi. Oldindan kuchaytirilgan temir-beton konstruksiyalar uchun oʻrtacha yoki koʻp uglerodli poʻlat ishlatiladi; bunday poʻlat qizdirib prokat langan boʻladi yoki termik ishlab pux-talanadi. Kuchaytirilmagan temir-beton konstruksiyalar uchun kam uglerodli pulat ishlatiladi. Armatura poʻlati esa oldindan kuchaytirilgan konstruksiyalar uchun ishlatiladi. Armatura poʻlati yaxshi payvandlanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые