ARMATURA ISHLARI

ARMATURA ISHLARI — temir-beton konstruksiyalar va inshootlarni qurishda armaturalar tayyorlash, maʼlum shaklga keltirish va joylashtirish kabi ishlar majmui. Diametri 10 mm gacha boʻlgan sim-armatura z-ddan qurilish maydoniga 200 m uzunlikdagi oʻram holida, diametri 14 mm dan ortiq boʻlgan chiviq 10 — 12 m uzunlikda keltiriladi. Keltirilgan armatura simlarini toʻgʻrilash, taranglash, maxsus chizmaga qarab kesish, sinch va toʻrlar tayyorlash va ularni qoliplar ichiga oʻrnatish Armatura ishlari jumlasiga kiradi. Diametri 10 mm gacha boʻlgan sim armatura toʻgʻrilash-kesish avtomatlarida (1-rasm), katta diametrli poʻlat armaturalar esa potok liniyalarda toʻgʻrilab kesiladi. Oldindan tayyorlangan armaturalardan kontakt yoki elektr yoy payvand yordamida toʻr yoki sinch tayyorlanib qoliplarga qoʻyiladi. Ogʻir armatura temir plita ustiga qoʻyib toʻgʻrilanadi, soʻngra mexanik stanoklarda tegishli uzunlikda kesiladi. Shundan keyin chizmaga qarab kerakli shaklda egiladi. Yoʻgʻonligi 25 mm gacha boʻlgan armatura simlari qoʻl stanogida, diametri 25 mm dan ortiqlari esa mexanik stanokda egiladi. Agar armatura oldindan kuchaytirilgan konstruksiyalarda qoʻllaniladigan boʻlsa, u mexanik yoki elektrotermik usullar bilan taranglanadi. Aramaturani taranglashning elektrotermik usuliga koʻra, maxsus qurilmaga oʻrnatilgan armatura elektr toki yordamida qizdiriladi. Qizigan armatura uzayadi. Armatura shu holda ikki uchidan qistirilib qoʻyiladi. U soviganda taranglanib qoladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x