ARMANISTON TOGʻLIGI

ARMANISTON TOGʻLIGI — Gʻarbiy Osiyodagi uch togʻliqdan biri, asosan, butun Armaniston hududi va Gruziyaning jan. qismini, qisman Turkiya va Eronni ishgʻol etgan. Armaniston togʻligi gʻarbda Kichik Osiyo togʻligiga, sharqda Eron togʻligiga qoʻshilib ketadi. Mayd. taxminan 400 ming km2. Relyefi uchlamchi va toʻrtlamchi davrlarning lava-tuf jinslaridan tuzilgan yassitogʻliklar, vulkan konuslari va tektonik botiklardan iborat, bu botiqlarni burmali-palaxsali tizmalar ajratib turadi. Koʻpgina tizmalar bir qancha soʻngan vulkanlardan iborat. Eng yirik vulkanlari: Katta Ararat (5165 m), Sebelan (4821 m), Syupxan (4434 m). Xrom, mis, temir, toshkoʻmir, alunit va b. foydali qazilmalari bor. Togʻlikdan Koʻra, Arake, Furot daryolari boshlanadi. Mineral buloqlar mavjud. Baʼzi bir botiklar koʻllar bilan band (Van, Sevan va h. k.). Eng katta botiqlari: Ararat, Arzirum, Tabriz va b. Iqlimi subtropik, kontinental. Togʻlarda yiliga 300 — 800 mm, botiqparda 150 — 300 mm yogʻin yogʻadi. Botiqlar quruq dasht va chala choʻllardan iborat, togʻ yon bagʻirlarining pastroq qismlarida keng bargli va igna bargli oʻrmonlar hamda butazorlar bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x