ARJON — Sibirdagi ilk skif davriga oid mozorqoʻrgʻon (mil. av. 8-a.). Tuva oʻlkasidagi Oʻyuq daryosi vodiysidagi Arjon qishlogʻidan topilgan. Mozorqoʻrgʻonning diametri 120 m, bal. 4 m. Yogʻochdan ishlangan qabr inshootining usti toshlar bilan yopilgan. 70 dan ziyod qabr chiqqan. «Shoh» va «malika» dafn etilgan qabr atrofiga 15 kishi va 160 ot qoʻshib koʻmilgan. Koʻplab jez qurollar (bolta, xanjarlar, paykonlar), sopol idishlar, bezak buyumlar — hayvonlar tasviri tushirilgan qadamalar, ot abzallari va b. topilgan. Arjon Yevrosiyo dashtlaridagi koʻchmanchi qabilalar madaniyatining ilk namunalaridan hisoblanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые