ARJASP (Avestoda Arjadaspa) — 1) Afrosiyobning nabirasi, zardushtiylikning ashaddiy dushmani. Ruinadiz (Diziruin) (Mis qasr)da yashagan. Mil. 2-a. dan eʼtiboran bu kasr Poykend nomi b-n bogʻlanadi. A. Zardushtiy Gushtasp (Gistasp) Ruintan (Misbadan)ning bir necha oʻgʻillarini jangda oʻddirgach, taxtni tark etib Balxda toat-ibodat bilan mashgʻul boʻlib turgan Luhrosp (Gushtaspningotasi)ni oʻldirgan. Soʻng, Gushtaspning qizlari Ofariyn va Humoyni olib qochgancha Ruinadiz qalʼasiga berkinib olgan. Gushtaspning oʻgʻli Isfandiyor qasrni zabt etib, uni oʻldirgan va singillarini qutqargan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые