ARIQ QAZIGICH

ARIQ QAZIGICH, zovur qazigich — muvaqqat ariq, oʻq ariq va zovur qazishga moʻljallangan mashina. Shatakka olinadigan (KM-1400 M), tirkama (MK-13) va oʻrnatma (D-716, KFM-1200 A) xillari bor; 20 sm dan 1,2 m gacha chuqurlikda, tubining enini 25 sm dan 1 m gacha qilib ariq qaziydigan turlarga boʻlinadi. Ariq qazigich yurish 2 va tortish 5 ramalari, tayanch gʻildirak 12, chimqirqar pichoq 13, ikki agʻdargichli korpus, chigʻir va tortish ramasini koʻtarish-tushirish troslari tizimidan iborat. Ariq qazigich harakatlanganda pichoq 13 chimni ariq oʻqi boʻylab kesadi, lemex esa gruntni kerakli chuqurlikda kesib, ariq tubini tekislaydi, agʻdargichlar tuproqni ikki tomonga chiqarib tashlaydi. Berma (supacha) tozalagichlar va qanotchalar gruntni surib, berma hosil qiladi. Korpus chigʻir bilan koʻtarib-tushiriladi. Ariq qazigichlar traktorlar yordamida ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x