ARGENTOMETRIYA

ARGENTOMETRIYA (yun. argentum – kumush va metreo — oʻlchayman) — miqdoriy analizning titrlash usuli. Kumush nitrat (AgNO3)ning titrlangan eritmasidan foydalanishga asoslangan. Bunda tekshirilayotgan eritma — kumush nitrat eritmasi yoki uning or-tiqchasi natriy xlorid (NaCl) eritmasi bilan titrlanadi. Titrlashning oxirgi nuqtasini eritmaning bir te-kis loyqalanishiga qarab, shuningdek har xil elektr kimyoviy va fotometrik usullardan foydalanib aniqlash mumkin. Argentometriyadan kumush, xlor, brom va b. elementlarning at. m. ni aniqlashda, baʼzi mamlakatlarda esa kumush tangadagi kumush miqdorini aniqlashda va umuman anionlari kumush kationi bilan kam eruvchan quyqalar hosil qiladigan tuzlar va kislotalar miqdorini yuqori darajadagi aniqlik b-n oʻlchashda foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x