ARGʻAY OʻT

ARGʻAY OʻT (moʻgʻulcha argʻa — aldash, turkcha — oʻt, olov) — turkmoʻgʻul qabilalari harbiy sanʼatida qoʻllanilgan usullardan birining nomi. Dushmanni chalgʻitish maqsadida qoʻshin miqdorini boʻrttirib, koʻpaytirib koʻrsatish uchun odatda oz sonli qoʻshin qoʻmondoni har bir jangchisiga tunda bir qancha yerda gulxan, mashʼal yoqishni buyurgan. Mas, Mirzo Ulugʻbek 1425-y. Moʻgʻulistonga qilgan yurishi chogʻida qoʻshin miqdori haqida dushman notoʻgʻri tasavvurga ega boʻlishi uchun har bir jangchisiga tunda besh yerda gulxan yoqishni amr qilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x