Arbenov Eduard

Tarjimai hol

Eduard Arbenov — rus sovet nasrnafisi, dramaturg, tarjimon, Sovet ittifoqi yozuvchilar uyushmasi a’zosi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi. Asl ismi — Alfred Rudolfovich Bender.

Bender Alfred Rudolfovich, millati nemis, 1913 yil 2 yanvar kuni Xarkovda xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 1918 yili otasi oilasi bilan Turkistonga, Toshkentga ko‘chirilgan, TurkSib bosh hisobchisi bo‘lib ishlagan.

1935 yili Alfred Bender Toshkent davlat universitetining tarix fakultetining “Tarixchi” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. O‘qish davrida “O‘zbekiston komsomoli” gazetasining shtatdan tashqari xodimi bo‘lib ishlaydi.

1938 yili “Sharq pioneri” gazetasi tahririyatiga adabiyot va san’at bo‘limi mudiri lavozimiga olinadi. 1941 yili “O‘zbekiston komsomoli” gazetasi tahririyatiga Samarqand viloyati bo‘yicha maxsus muxbir lavozimiga o‘tkaziladi.

1941 yili millati tufayli jazolangan, 1947 yili oqlangan.

1947 yildan 1957 yilgacha yozuvchilar Bryansev va Dudinsevlarning kotib-ma’ruzachisi bo‘lib ishlagan. 1958 yili Toshkentga qaytadi va “O‘zbekiston komsomoli” gazetasida muxbir bo‘lib ishini davom ettiradi. 1961 yildan Toshkentdagi “Yosh gvardiya” nashriyotida katta muharrir, 1965 yildan nashriyot bosh muharriri o‘rinbosari lavozimlarida ishlaydi. 1969 yildan to nafaqaga qadar “Sharq yulduzi” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari bo‘lgan.

1958 yili uylangan, turmush o‘rtog‘i — S.A.Belikova-Elanskaya- jurnalist, teatrshunos. 1960 yili qizi Mayya dunyoga kelgan.

2002 yili 1 fevral kuni insult tufayli vafot etgan.

Adabiy ijodi

1965 yili Sovet ittifoqi yozuvchilar uyushmasiga a’zolikka qabul qilingan. Eduard Arbenov tahallusi ostida quyidagi hikoyalarni nashrdan chiqargan:

“Jdanko biz bilan qoladi”;

“Agar Borisni uchratsangiz”;

“Begona ostona”;

romanlari:

“Qaqnus”;

“Berlin aylanasi”;

“Tokio vaqti bilan 6.30 da”.

1965 yili, o‘zining “Qaqnus” nomli romani asosida suratga olingan “26 chiga o‘q uzilmasin” filmining senariy muallifi bo‘lgan. Butun ijodiy hayoti davomida o‘zbek yozuvchilarining asarlarini adabiy tarjimasi bilan faol shug‘ullangan. U Sharof Rashidov, Nazir Safarov qoraqalpoq yozuvchisi Saidbergenov va ko‘plab taniqli O‘zbekiston nosirlarining asarlarini tarjima qilgan.

Ko‘p yillar davomida O‘zSSR O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi qoshidagi yosh shoir va nosirlar ishlarini nazoratiga olgan. Uning o‘quvchilari orasida mashhur shoir A.S.Faynberg va boshqa mashhur adiblar uchraydi.

Mukofotlar

Adabiy faoliyati davomida O‘zbekiston Oliy Kengashi medallari va diplomlari bilan ko‘p karra mukofotlangan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoniga ega.

Oilasi

Mayya Alfredovna Bender, A.R.Benderning qizi, shifokor-otolaringolog, hozirgi vaqtda Toshkentda yashaydi va ishlaydi.

 

 

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x