ARAXOSIYA

ARAXOSIYA — Afgʻonistondagi qad. viloyat. Tarkibiga Argʻindob, Argaston daryolari havzasi va Gʻazni atrofi kirgan. Markazi hoz. Qandahor sh. atrofida boʻlgan. Araxosiya oʻz davrida axomaniylar, Iskandar Maqduniy (q. Aleksandr), salavkiylar, mauriyalar, Baqtriya, Parfiya, Kushon podsholari qoʻl ostida boʻlgan. Ayrim yunon, sak va Parfiya podsholari Araxosiyada mustaqil mulk barpo etib, Araxosiyaning asosiy shaharlari — Aleksandriya, Araxosiya va Aleksandropolda tanga pullar zarb etishgan. 1958-y. A. hududida, Qandahor yaqinida Ashokannng yunonoromiy yozuvi topilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x