ARAVA

ARAVA, aroba — yuk va odam tashishga moʻljallangan, ulov qoʻshib ishlatiladigan qad. transport turi. Arava shoti (aravashoti), tegarchik (gʻildirak) va oʻq kabi asosiy qismlardan tuzilgan. Shoti 4,5 m cha uzunlikdagi ikkita otyogʻoch (otliq), 8 ta pogona, ikki soʻloq va aygʻizdan iborat. Otyogʻochlar mirza-terakdan ishlanadi. Shoti (oraligʻi 70 — 80 sm) uchlarida ot boʻyinchasini mahkamlashga xizmat qiladigan bittadan teshiklari boʻladi. Tegarchik (gʻildirak) gupchak, toʻgʻin, kegay, bellik, aravatemir, aravamix va yostiq kabi qismlardan iborat. Aravatemir, aravamixlar temirdan, boshqa qismlar qayragʻochning chayir turi (bujun)dan yasaladi. Oʻq — yoʻgʻonligi 40 sm, 2,5 m uzunlikdagi silliqlangan yogʻoch boʻlib, ikki uchi tegarchik gupchagiga kiritiladi va ustiga aravashoti mindiriladi. Yurganda shoti jilib ketmasligi uchun uning ostiga soʻloq oʻrnatiladi. Aravalar ikki, uch va toʻrt gʻildirakli boʻladi. Qoʻshiladigan ulovga koʻra, ot Arava, tuya A., hoʻkiz A., eshak A. kabi xillari farkdanadi. Baʼzi Sharq mamlakatlari (Birma, Vyetnam, Hindiston)da odam (riksha) tortadigan ikki gʻildirakli Aravalar ham bor. Shakli va tuzilishiga koʻra, ochiq Arava, soyabonli Arava, agʻdarma Arava, katta gʻildirakli qoʻqon A., kichik gʻildirakli koʻtak Arava va b. xillari bor. Xorazm A. lari shaklan boshqacharoq boʻlgani uchun xorazmcha Arava deyiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x