ARALASH KOʻPAYTMA

ARALASH KOʻPAYTMA — uchta (a, b, s) vektorga mos qoʻyilgan son. U ikkita (a, b) vektorlarning vektor koʻpaytmasi uchinchi (s) vektor bilan skalyar koʻpaytmasiga teng. Aralash koʻpaytma (a, b) s kabi belgilanadi. Aralash koʻpaytma skalyar son boʻlib, uning ishorasi a, b, s vektorlari bilan koordinata vektorlarning oriyentatsiyalari bir xil boʻlganda musbat, aks holda esa manfiy boʻladi. Aralash koʻpaytma qiymati geometrik nuqtayi nazardan a, b, s vektorlarga yasalgan parallelepi-pedning hajmiga teng.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x