ARALASH IQTISODIYOT

ARALASH IQTISODIYOT — hoz. zamon bozor iqtisodiyoti modellaridan biri. Aralash iqtisodiyot bozor iqtisodiyotining rivojlangan va demokratlashib, insoniy tuc olgan turi boʻlib, AQSH, Angliya va Fransiya kabi rivojlangan mamlakatlarga xos. Aralash iqtisodiyot poliiqtisodiy tizim bulib, ijtimoiy yunaltirilgan bozor iqtisodiyoti, kooperativ iqtisodiyot kabi modellardan oʻzining 3 jihati bilan ajralib turadi: a) mul kiy xilma-xillik. Iqtisodiyotda yagona mulk monopoliyasiga urin qolmaydi, xilma-xil mulkchilik yonma-yon rivojlanadi. Mulkchilikning 3 shakli mavjud boʻlib, bular xususiy mulk, jamoa mulki va davlat mulkidan iborat buladi. Xususiy mulkning individual (yakka) mulk shakli emas, balki kooperativ (shirkat) shakli ustuvorlik qiladi. Jamoa mulki esa ishchi va xizmatchilarning uziga yoki ularning kasaba uyushmasiga karashli mulkdan tashkil topadi va xalq korxonalarida oʻz ifodasini topadi. Bu korxonalardagi ishchi va xizmatchilar ham mulk sohibi, ham mehnat axli hisoblanadilar. Davlat mulki eng muhim, umummilliy ahamiyatga molik sohalar bilan cheklanadi, uning doirasi xususiylashtirish asosida qisqarib boradi. Mulk shakllaridan hech qaysisi monopol mavqeda boʻlmaydi. Iqtisodiyotda mulk shakllarining muvozanati saqdanadi; b) xoʻjalik yuritish xilma-xilligi. Xoʻjalik yakka, shirkat, aralash tarzda yuritiladi. Xoʻjalik subyektlari xoʻjalik faoliyatini oʻz mablagʻiga, qarz puliga tayanib yuritadilar, ular oʻrtasida ijara munosabatlari keng tarqaladi. Yer, umuman, koʻchmas mulk va hatto, mashina-uskunalar ham ijara asosida ishlatiladi, lizingning turli shakl va usullari keng qoʻllaniladi. Xoʻjalik yuritish milliy doiradan chiqib baynalmilallashadi. Qoʻshma korxonalar, transmilliy korporatsiyalar rivojlanadi, ochiq iqtisodiy zonalar tashkil topadi; v) xoʻjalik faoliyati miqyosida muvozanatning taʼminlanishi. Yirik, oʻrta va kichik biznes muvozanatli holatda rivojlanadi. Yirik korxonalar monopoliyasiga oʻrin qolmaydi. Har bir biznes oʻz sohasida rivoj topadi. Yirik va kichik biznes munosabati, bir tomondan, raqobat munosabati boʻlsa, ikkinchi tomondan sheriklik va hamkorlik munosabatiga aylanadi. Muvozanatli holat raqobatga keng yoʻl ochadi, monopoliyani cheklaydi. Shu sababli millionlab korxonalar yopiladi, oʻzaro qoʻshiladi yoki yangidan ochiladi. Iqtisodiyot subyektlarining koʻpchilik boʻlishi raqobatning ahamiyatini oshiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x