Arab xurmosi (finiki) haqida

Arab xurmosi (finiki) haqida

Arab xurmosi mineral va vitaminlarga judayam boy. Uning tarkibida mavjud bo‘lgan, organizmga kerakli 23 ta aminokislota boshqa mevalarda uchramaydi. Arab xurmosini doimiy ravishda, kuniga kamida 3-4 dona yeb turilsa, ko‘p kasalliklarga davo bo‘lishi isbotlangan.

Bu mevadan kuniga 3-4 ta yeyish tanangizni yoshartiradi. Bu meva ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, yurakda qon aylanishini me’yorga keltiradi. Xolesterinni kamaytiradi. Arab xurmosi ishtahani pasaytiradi. Oq shakar o‘rnini bosadi, ozishda yordam beradi. U temirga boy, 100 grammida odam organizmidagi temirning bir sutkalik me’yorining 11 foizini saqlaydi.

U kamqonlikda ham katta foyda beradi. Kaliyga boy. Xurmo insult xavfini 40 foizga kamaytiradi. Unda fosfor, kalsiy ko‘p. Bu esa miya va ichaklar faoliyati uchun juda foydali. Bu meva ich qotishida dori bo‘ladi. Bunda tungi uyqu oldidan bir piyola qaynagan suv bilan 2-3 ta meva yeyiladi.

Jinsiy ojizlikda xurmo echki suti bilan birga yeyilsa shifo bo‘ladi. U yuqori qon bosimini tushiradi.

5-6 ta xurmoda 80 mg magniy bor va bu qon tomirlarini kengaytiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki 370 mg magniy inson uchun kunlik me’yor hisoblanadi. Bu miqdor qon bosimini bir me’yorda ushlab turadi. Xurmo qarishni oldini oladi. U tug‘ruqdan keyin ham foydali, u sutni ko‘paytiradi.

Olmada mis va rux ko‘p bo‘lsa, xurmoda natriy, kaliy, magniy, kalsiy va temir ko‘proq. Xurmo mevalari oshqozon-ichak trakti, jigar, teri va jinsiy a’zolar faoliyatini yaxshilash uchun xizmat qiladi.

Xurmo mevasi xuddi qovoq, o‘rik va boshqa sariq-olovrang mevalar hamda sabzavotlar kabi yosh bilan bog‘liq o‘simtalarning o‘sishiga to‘sqinlik qiladi. Xurmo mevasi tarkibida juda kuchli antioksidant moddasi hisoblanuvchi yuqori miqdordagi beta-karotin mavjud. U hujayra tuzilmalarini buzuvchi erkin radikallar bilan kurashadi.

100 gramm mahsulot 305 kkal (kilokaloriya) bo‘lib, undagi oqsillar 2,2 gr. yog‘ 0,2 gr. uglevodlar 71,9 gr.ni tashkil etadi.

Xurmo tarkibida 60-65 foiz uglevod bo‘lgan yagona meva turi sanaladi. Mahsulotning ftorga boyligi tishlarni kariyesdan himoya qiladi va tarkibidagi selen yurak xastaliklari xavfini oldini oladi. Meva tarkibida 23 turdagi aminokislotalar hamda pektin, A provitamini, V guruhiga kiruvchi vitaminlar mavjud. Shuningdek, uning tarkibida rux, temir, magniy, kaliy, marganets, alyuminiy, natriy, kobalt, kadmiy, bor kabi mikroelementlar va minerallar uchraydi. Xurmoning eng foydali xususiyatlardan biri uning tarkibida xolesterin moddasi mavjud emas.

U aqliy qobiliyatni rivojlantirib, ish sur’atini oshirish xususiyatiga ega. Mazkur meva iste’mol qilinganda, insonning nafaqat ichki organizmi, balki tashqi go‘zalligiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Foliy kislotasi va Ye vitaminiga boyligi sabab, u sochlar ildizini mustahkamlab, tirnoqlarning sinuvchanligini oldini oladi hamda organizmdagi yo‘qotilgan kaliy o‘rnini tiklaydi. Mazkur meva yurak qon-tomir kasalliklari, xavfli o‘sma, sil, aritmiya, gipertoniya (qon bosimining yuqori bo‘lishi) bilan bog‘liq kasalliklarda tavsiya etiladi.

Arab xurmosining (ba’zi manbalarda eron xurmosi deb ham ataladi) yangi uzib olingan turi o‘zining silliqligi, har qanday qatlamlardan xoliligi bilan ajralib turadi. Uning mevasi sersuv bo‘ladi, ammo quritilgan xurmochalik shirin bo‘lmaydi.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sevgan mevalardan biri xurmo bo‘lgan. Inson vujudiga oshqozon osti bezida insulinning bir maromda ajralishini ta’minlashga yordam beradi va shu tariqa qondagi qand miqdorining oshib yo tushib ketmasligiga hissa qo‘shadi. Shuningdek, yukli ayollarda dard kelishini yengillashtiradi. Bu xislat Maryam surasida (23, 24, 25-oyatlar) quyidagicha ifoda etilgan.
“Bas, to‘lg‘oq dardi uni bir xurmo daraxti tubiga olib bordi va u dedi: «Qani edi, mana shundan (tug‘ishdan) oldin o‘lib, butunlay unutilib ketsam”. “Shunda (xurmo daraxtining) ostidan (Jabroil) nido qildi: «G‘amgin bo‘lma, Robbing (oyoq) ostingdan bir ariq oqizib qo‘ydi”. “(Mana shu qurib qolgan) xurmo shoxini silkitgin, toki u (Mening qudratim bilan) senga yangi xurmo mevalarini to‘ksin!”.

© azon.uz

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x