ARAB XALIFALIGI

ARAB XALIFALIGI (632 – 1258) — Arabiston ya. o., Yaqin va Oʻrta Sharq, Shim. Afrika, Ispaniya, Markaziy Osiyo va Kavkazortini oʻz ichiga olgan saltanat. 7 — 8-a. larda tashkil topgan. Arab xalifaligi asoschisi paygʻambar Muhammad (as)ning eng yaqin safdoshi xalifa Abu BakrArablar yuqorida zikr etilgan mamlakatlarni 633—715-y. lar orasida bosib olganlar. Bu mamlakatlar asosan «Xulafo ar-roshidin» («Toʻgʻri yoʻldan boruvchi xalifalar») va umaviylar zamonida fath etildi. Lekin abbosiylar bu ulkan hududni butun saqlab qololmadilar. Ichki ixtiloflar taʼsiri ostida Arab xalifaligi 8-a. ning oxirlaridan boshlab mayda-mayda qismlarga parchalanib keta boshladi: 788-y. Magʻribning gʻarbiy qismida (hoz. Marokash) idrisiylar (788 — 985), uning sharqiy qismida (hoz. Tunis) agʻlabiylar (800 — 909) hukmronligi oʻrnatildi. Xuroson va Movarounnahrda esa 9-a. ning 20-y. laridan boshlab mahalliy sulolalar: tohiriylar (821 – 873), safforiylar (867 – 903) va somoniylar (875 — 999) bosh koʻtarib chiqdilar. Ular Arab xalifaligiga nomigagina tobe boʻlib, aslida mustaqil hukmdor edilar. Arab xalifaligi 1258-y. moʻgʻullar tarafidan tugatildi (yana q. Xalifalik).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x