ARAB-AMERIKA NEFT KOMPANIYASI, ARAMKO

ARAB-AMERIKA NEFT KOMPANIYASI, ARAMKO (ing. Arabian-American Oil Company (ARAMCO) — Saudiya Arabistonidagi neft konlarini oʻzlashtirish uchun 1933-y. da AQSH dagi eng yirik neft kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan. 1973-y. dan boshlab Saudiya Arabistoni hukumati uning aksiyalarini sotib ola boshladi va 1980-y. ga kelib ARAMKOning tanho egasiga aylandi. Uning korxonalarini boshqarish va neft konlaridan foydalanish boʻyicha mamlakat hukumati bilan maxsus bitimlar tuzgan AQSHning «Ekson», «Shevron», «Teksako», «Mobil» neft kompaniyalari qazib olingan neftning bir qismini oladi. Har yili 200 mln. t neft qazib oladi va 23 mln. t neftni qayta ishlaydi (80-y. lar oxiri).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x